Mbappe PSJning CHL doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yini uchun qaydnomasidan o'rin oldi

Alisher
8 avg 2020, 15:24
PSJ CHL doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yin uchun ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Jarohatidan tiklanishga harakat qilayotgan forvard Kilian Mbappe jamoa bilan Lissabonga yo'l oladi.

Qaydnomaga shuningdek mashg'ulotlarda jarohat olgan xavbek Marko Verratti ham kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, "Atalanta" - PSJ o'yini 12 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr