Mbappe PSJ bilan tuzilajak yangi bitimga "Real" haqidagi band kiritilishini so'radi

6 may 2020, 01:48
PSJ Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlab yubordi.

Fransiyaning L'Équipe gazetasi xabariga ko'ra, muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan va futbolchi (Neymar kabi) yiliga 40 mln evro maosh olishiga kelishilgan.

Ispaniyaning AS nashri esa Mbappe PSJ oldiga talab qo'ygani haqida ma'lum qildi. Unga ko'ra shartnomaga "Real"dan yaxshi taklif bo'lsa, futbolchini qo'yib yuborish haqidagi band qo'shilishi kerak. Avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz natijasida "Real" futbolchini yozda xarid qilolmasligi oydinlashgandi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum parijliklar safida 33 o'yin o'tkazgan Mbappe 30 gol, 17ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS