Mbappe Pochettinoga PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qildi

Alisher
24 iyul 2021, 18:47
Hujumchi Kilian Mbappe PSJdan ketmoqchi.

Futbolchi parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga klub bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qildi. Mbappe PSJdan kelishmovchilik bilan ketmoqchi emas, ammo yangi bitim ham imzolamaydi.

Francuzning murabbiy bilan ajoyib munosabati bor. Kilian doim Pochettino tomonidan qo'llab-quvvatlanishni his qilgan.

Mbappe tatildan qaytdi va PSJ bilan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. U endi "Real"dan harakatni kutyapti.

22 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 27ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca