Mbappe Madridga tashrif buyurdi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022, 21:54
"Real"ning asosiy transfer maqsadi bo'lgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Madridga yetib keldi.

Futbolchi Ispaniya poytaxtida jamoadoshi Ashraf Hakimi bilan birga mashhur restoranda ovqatlandi.

Oldinroq ispan klubi 23 yoshli fransiyalik futbolchiga 40 million evro maoshni (soliqlardan tashqari) o'z ichiga olgan shartnoma taklif qilayotgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, futbolchi shartnoma imzolagani uchun 180 million evro bonus olishi mumkin.

Mbappe joriy mavsumda PSJ safida 43 o'yinda 35 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: COPE