Mbappe - Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
16 may 2017, 00:10
“Monako” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Joriy mavsumda 18 yoshli Mbappe Fransiya chempionatida hozirgacha 27ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ana shu o'yinlarning 15tasini futbolchi boshlang'ich tarkibda boshlagan.


Bu uchrashuvlarda u 14ta gol kiritib, 8ta golga assistentlik qilgan. Ikki bor sariq kartochka bilan jazolangan. Mbape Fransiya chempionatining to'purarlari ro'yxatida 8-o'rinni band etgan. Peshqadam Edinson Kavani hisobida 35ta gol bor.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif