Mbappe faoliyatidagi 300-golini urdi

Mirjalol Normatov
19 noya 2023
Kecha Fransiya terma jamoasi Evro-2024 saralashida Gibraltar darvozasiga 14ta gol urdi.

Gollarning uchtasi Kilian Mbappening hisobiga yozildi. Shu orqali fransiyalikning faoliyatidagi umumiy gollari soni 300taga etdi. U ushbu natijani 25 yoshgacha qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Hatto Leo Messi va Krishtianu Ronaldu ham bunday ko'rsatkich qayd eta olmagandi.

Fransiya termasi navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kuni Gretsiya termasiga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta