Mayk Din APL tarixiga kirdi

Kecha APLning 33-turidan o'rin olgan “Vulverxempton”-“Manchester Yunayted” uchrashuvida hakam Mayk Din “qizillar” himoyachisi Eshli Yangni maydondan chetlatdi (1:2).

O'yinning 52 va 57-daqiqalarida Yang ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada 50 yoshli Mayk Din APL tarixida 100 ta qizil kartochka ko'rsatgan birinchi hakam bo'ldi. U 18 yil oldin Angliya chempionatida faoliyatidagi ilk qizil kartochkani ko'rsatgandi. Din 2001 yil 14 aprelida bo'lib o'tgan “Nyukasl”-“Ipsvich” uchrashuvida (0:1) Nolberto Solanoni maydondan chetlatgandi.


Manba: Gracenote Live