

"Lokomotiv" vakillari bizga o'z ovozlarini taqdim etishdi. Albatta, eng yuqorida Sanjar Shoahmedov bor. Gollarning eng chiroylilari ham ular uchun Sardorlarga tegishli: Rashidov hamda Mirzaev.
Biroq keyingi o'rinlarda qiziq manzaralar bor. Nesterov eng yaxshilarga "Bunyodkor"ning ikki futbolchisini joyladi. Keyin esa Mirjalol Qosimovga yetakchilikni berib yubordi. Yani, ustozi Andrey Fyodorovni ko'r-ko'rona belgilab qo'ymadi.
Hammasi mayliku-ya, posbon Shota Arveladzeni ham, termadagi raqobatchisi Eldor Suyunovni ham uchtalikka kiritmadi. Oyning eng yaxshilarini aniqlash tobora qiziqarli ko'rinish olyapti.

P.S. Qizig'i, "Lokomotiv" sardori Sadriddin Abdullaev hisoblanadi, vice-sardori esa Islom To'xtaxo'jaev. Nega Ignatiy Nesterov ovoz bergani g'alati. Undan ham qizig'i, Nesterov o'z darvozasiga Arslonmurot Amonov va Muhammad Isaevlar tomonidan kiritilgan chiroyli gollarni etirof etmagan.



