Maxrez - "Man Siti" safida xet-trik qilgan 2-afrikalik

"Manchester Siti" Angliya chempionatining 10-turida "Byornli"ni mag'lub qildi (5:0).

Gollardan uchtasi yarim himoyachi Riyad Maxrezning nomiga yozildi. Jazoirlik futbolchi oxirgi bor 2015 yilning 5 dekabrida "Suonsi" (3:0) darvozasiga uchta gol urgan edi.

Shu tariqa Maxrez APL tarixida bir o'yinda "Manchester Siti" uchun 3 ta gol urishni uddalagan 2-afrikalikka aylandi (Yaya Turedan keyin).


Manba: Sports.ru