Maxrez APLda 100+ samarali natija ko'rsatgan oltinchi afrikalik futbolchiga aylandi

Eldor Akmurzayev
28 noya 2020, 22:00
Biroz oldin, Angliya chempionati 10-turidan o'rin olgan “Man Siti” – “Byornli” bahs yakunlandi va unda mezbonlar 5:0 hisobi bilan zafar quchdi.

Uchrashuvda davomida xet-trikka erishgan Riyad Maxrez gol+pas sistemasi bo'yicha 100+ samarali natija qayd etgan musobaqa tarixidagi oltinchi afrikalik futbolchiga aylandi. Uning hisobida 61 ta gol va 41 ta pas bor.

Avvalroq, APLda bunday ko'rsatkichga Dide Drogba, Yakubu Ayegbeni, Emmanuel Adebayor, Sadio Mane va Muhammad Saloh erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: squawka