Mauro Ikardi Kristian Veriga yetib oldi

Kecha “Inter” jamoasi Italiya A Seriyasining 8-turida SPALni mag'lub etdi.

Uchrashuvda Mauro Ikardi dublga erishdi. Uning bu gollari hujumchi uchun A Seriyadagi 102 hamda 103-si bo'ldi.

Shu tariqa Ikardi jamoaning sobiq hujumchisi Kristian Veriga yetib oldi va endi ikkala hujumchi“Inter”ning A Seriya to'purarlari o'rtasidagi ro'yxatida 9-o'ringa joylashdi.

“Inter”ning A Seriyadagi to'purari Juzeppe Meaca hisoblanadi. Uning hisobida 198 ta gol bor.


Manba: Football Italia