Mauro Ikardi faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin

Alisher
2 sen 2019
"Inter" forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Fransiyaning PSJ klubida davom ettirishga yaqin.

Hozirda futbolchining xotini muzokaralarga kirishgan.

Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

"Inter" bilan bo'layotgan muzokaralarda o'yinchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish muhokama qilinmoqda", - deb yozadi jurnalist Di Marcio o'zining "Twitter" sahifasida.

Milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchiga ishonch bildirmayapti. Oldinroq, futbolchiga "Yuventus", "Napoli", "Roma" va "Atletiko" qiziqayotgan edi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com