Mauri kelishilgan o'yinlar sabab yarim yilga diskvalifikaciya qilindi

Tolibjon Qosimov
2 avg 2013, 14:59
Lacio yarim himoyachisi Stefano Mauri Italiya A seriyasidagi kelishilgan o'yinlar tufayli olti oyga diskvalifikaciya qilindi.
Rim klubi esa olti ochkodan mahrum bo'lmaydi va faqatgina 40 ming evro jarima to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Mauri 2011 yil bahoridagi Jenoa va Lechchega qarshi o'yinlarni kelishishda gumonlanayotgandi. Ikkala o'yin ham Lacioning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru