Matyuidi: "Grizmann "Oltin to'p" uchun da'vogarlardan biri hisoblanadi"

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2016, 11:35
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Blez Matyuidi jamoadoshi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi.

"Grizmanni joriy mavsumdagi o'yinini hisobga olsak, u "Oltin to'p" uchun da'vogarlardan biri hisoblanadi. Agar ovoz bera olganimda, uni tanlagan bo'lar edim. Har bir terma jamoada bunday iqtidor sohibi mavjud emas.

Ronaldu ham bu sovringa munosib. U mavsumni yaxshi o'tkazdi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Yevropa chempionati finali Grizmann va Ronaldu o'rtasida emas, Fransiya va Portugaliya o'rtasida bo'ladi" - deydi Matyuidi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal