Mattias Yayssle: "Bu qiyin sinov bo'ladi, lekin biz "Chelsi"ga muammo tug'dirmoqchimiz"

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022, 13:28
"Zalcburg" bosh murabbiyi Mattias Yayssle YCHL 5-turi doirasidagi "Chelsi"ga qarshi uchrashuvdan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.

"Biz favorit bo'lmasak-da, "Chelsi"ga muammo tug'dirmoqchimiz. Bu qiyin sinov bo'ladi. Biz ko'p ter to'kishimiz kerak. Lekin bizni o'z maydonimizda mag'lub etish oson emas. 

Biz yaxshilab o'ylab, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisalarni hisobga olishimiz kerak. Bu safar A, B va C rejalari etarli bo'lmaydi. Men bu o'yinga optimistik qarayman", – dedi Yayssle.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com