Matteys de Ligt faoliyatini qayerda davom ettirishini bilmayapti

Alisher
27 may 2019
"Ayaks" himoyachisi va sardori Matteys de Ligt haligacha faoliyatini qayerda davom ettirishini bilmayapti.

Oldinroq, "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" 19 yoshli futbolchiga qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar chiqqandi.

- Albatta bazi klublardan qiziqish bo'layotganligini bilaman, ammo ularning nomini ayta olmayman. Men o'zimni qayerda ko'ryapman? APL - dunyoning eng zo'r chempionatlaridan biri, La Liga haqida ham shunday deya olaman, ammo bulardan tashqari ham yaxshi chempionatlar bor. To'g'risi, qayerda faoliyatimni davom ettirishimni bilmayman, - deydi de Ligt.

U 2018/19 yilgi mavsumda 54ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assistga erishgan.

Futbolchining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports