Mats Xummels: “Bavariya”ni yutishni xoxlaymiz”

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Mats Xummels “Bavariya” bilan Germaniya Superkubogi uchun bo'ladigan bahs bo'yicha o'z fikrini bildirib o'tdi.

“Bavariya” ustidan g'alaba qozonadigan bo'lsak, kelasi mavsumda raqobatga qanday tayyorgarlik ko'rganimizni bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

Biz dunyoning eng kuchli klublaridan birini yutmoqchimiz. Balki dunyoning eng kuchli klubidir. Bu bizning oldimizga qo'ygan maqsad va vazifamiz hisoblanadi”, - deydi Xummels.

Eslatib o'tamiz, Germaniya Superkubogi uchun bo'ladigan "Bavariya" - "Borussiya" bahsi 27 iyul kuni bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru