

- O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Hissiyotlarim juda kuchli. Baxtliman, lekin his-tuyg'ularim shunchalik kuchliki, gapirishga so'z topolmayapman. Eng muhimi, g'alaba uchun xursandman.
- Bugun "Bunyodkor" tarkibidagi ilk golingizni urdingiz. Bu gol siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Men uchun bu juda muhim. Hammamiz xursandmiz, lekin ertaga yangi kun boshlanadi, keyingi o'yin bor, shu bois yangi vazifalar ustida ishlashimiz kerak.
- Siz endigina 22 yoshni qarshi olgansiz. Nima uchun Yevropa klublari o'rniga "Bunyodkor"ni tanladingiz?
- Nima deyishni bilmayman. Menimcha, bu liga juda yaxshi, bu yerda o'sishim mumkin va buni vaqt ko'rsatadi. Ko'p gol urishga harakat qilaman, nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.
- Jamoaga moslashishingizga kimlar ko'proq yordam beryapti?
- Jamoada Bolqon mamlakatlaridan kelgan o'yinchilar bor, ko'pincha ular bilan vaqt o'tkazaman. Lekin jamoadagi barcha sheriklar menga juda yaxshi munosabatda, shuning uchun moslashish oson bo'lmoqda. Toshkent ham ajoyib shahar.




