Matich kutilmaganda Serbiya termasidagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 11:28
"Manchester Yunayted" xavbeki Nemanya Matich xalqaro faoliyatini yakunladi.

"Mozzartsport" xabariga ko'ra, futbolchi Serbiya futbol federatsiyasi rahbarlari bilan janjallashib qolgan va shu sababli termadan ketgan. Rahbariyatdagilar uni qolishga ko'ndirmoqchi bo'lishgan. Biroq Matich baribir ko'nmagan.

Chunki Matich sentyabr oyida Millatlar ligasi doirasida Rossiya va Turkiya termalariga qarshi bo'ladigan o'yinlarga chaqirilgandi.

32 yoshli futbolchi 2008 yildan buyon terma sharafini himoya qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mozzartsport