
Bu haqda "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Vest Xem"ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng ma'lum qildi.
"Matich shikastlangan va xatto diskvalifikaciyasiz ham bugun maydonga tusha olmas edi. U "Uembli"da g'alabani nishonlay turib, oyog'ini qayirib oldi. U shanba kuni mashg'ulotlarga qaytadi va PSJ bilan o'yinga maydonga tushishi mumkin. Hozir juda charchaganmiz va ikki kunlik tatilga haqlimiz" - deydi Mourinyo.
"Chelsi" va PSJ o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi 11 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan.