Matbuot kotiblariga hayfsan e'lon qilindi

Nadirkhuja Yuldashev
22 apr 2016, 23:46
O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2016 yilgi musobaqalar Reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uchrashuvlari hisobotlari (uchrashuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boshqa ma'lumotlar)ni O'zPFLning rasmiy elektron pochtasi (media@the-uff.com)ga yo'llashlari shart.


Oliy Liga 5-turidan olgan “Lokomotiv” – “Mashal”, “Nasaf” – “Qo'qon-1912”, “Metallurg” – “Obod” hamda “Buxoro” – “Andijon” uchrashuvlaridan so'ng mezbon jamoa matbuot xizmati hisobotlarni O'zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yubormagan. Reglament talabiga bo'ysunmagani uchun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi.

Alohida ta'kidlab o'tish joiz, Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uchrashuvlaridan boshlab moliyaviy jarima choralari qo'llaniladi.


O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: http://pfl.uz/