Bekzod Tolibov blogi: Matbuot kotibi klub sirini oshkor qiladigan odam emas

Narzulla Saydullayev
2 avg 2020
Futboldagi matbuot bu qaysidir manoda jamoaning yuzi.

O'yin 90 daqiqada o'tib ketadi, lekin matbuot xizmati tomonidan yozilgan postlar, suratlar va videolar tarix sahifalarida qoladi. O'yin vaqtida muxlislar matbuotni kuzatishi mumkin, o'yindan so'ng futbolchilarning o'zi ham matbuot xizmatining ishiga bir ko'z yugurtirib qo'yadi. Qisqacha aytganda, matbuot bu o'yinning atmosferasini yoritib beradi, yaxshi matbuot unchalik yorqin bo'lmagan klubni ham trend darajaga olib chiqa oladi. Lekin...

Lekin... ayrim klublar matbuot xizmatidan qo'rqadi, ularni ovozi chiqishini istamaydi. Go'yoki matbuot klubning sirini oshkor qilishi mumkin. Bazida haddan oshib ketilsa, jamoa taktikasini raqibga oshkor qilishda ham matbuot xizmati ayblanishi mumkin.

Bo'lishi mumkinmi? Mumkin albatta. Biroq aksincha bo'lishi ham mumkin. Shunday klublar borki, matbuot xizmatini juda qadrlaydi. E'tibor qaratadi, qo'llab-quvvatlaydi, zarur texnologiyalar bilan taminlaydi.

Xullas, besh qo'l barobar emas. Hammaning ham dunyoqarashi bir xil bo'lavermaydi.

Shu sohaning vakili sifatida matbuot xizmatini qadrlayotgan klublarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!



Bekzod Tolibov

championat.asia saytining Farg'onadagi muxbiri


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia