Mata uch klub qiziqishlari doirasiga tushdi

Alisher
2 dek 2021, 18:01
Hujumkor yarim himoyachi Xuan Mata qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"dan ketishga yaqin.

33 yoshli vingerning "qizil iblislar" bilan shartnomasi yakuniga etmoqda, shu sabab u faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko'rmoqda.

Mata Tumanli Albionda ham qolishi mumkin. Unga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Xuanni shuningdek "Real Sosedad" o'z tarkibiga jalb qilmoqchi. Uning variantlari orasida "Fenerbaxche" ham bor.

Mata 2014 yildan beri MYUda o'ynaydi. Ispan joriy mavsum APL doirasida maydonga chiqmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes