

“Men jarohatlarga o'rganmaganman. MYUga yordam bera olmayotganimdan afsusdaman. Lekin. jamoa a'zolarining maydonda o'zlarini ko'rsatayotganidan xursandman. Jarohatim bois, muhim bo'lgan ikkita (“PSJ” va “Arsenal”ga qarshi) o'yinni o'tkazib yuboraman. Shunga qaramay, mazkur bahslarda jamoamni qo'llab-quvvatlab, tiklanish bosqichlarini davom ettiraman.", - deya ma'lum qilgan Mata o'z shaxsiy blogi orqali.
“Manchester Yunayted” 6 mart kuni YCHL 1/8 final javob o'yinida PSJ mahmoni bo'lsa, 10 mart sanasida “Emireyts Stedium”da “Arsenal” bilan uchrashadi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 24 fevral kuni "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, zaxiraga olingandi.



