Massimiliano Allegri: "Siti" guruhimiz favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
14 sen 2015, 19:32
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Guruhimiz qiyin. O'z maydonimizda bo'lib o'tadigan barcha o'yinlarda ochko to'plashimiz lozim. "Manchester Siti"ni ortiqcha tariflab o'tirish shart emas. "Sevilya" esa ikki marotaba Yevropa Ligasi g'olibi bo'lgan. O'yinlarni Manchestyerda boshlaymiz va u yerda ochko qo'lga kiritsak ajoyib bo'lardi.

"Siti" guruhimizning asosiy favoriti. Umuman, ular turnir favoritlaridan biri. Maqsadimiz, yana Italiya kubogi va chempionatini yutish. Bundan tashqari YCHLda ham o'zimizni ko'rsatmoqchimiz", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net