Massimiliano Allegri: Natijaga erishdik, ammo o'yinimizni yaxshilash kerak

Narzulla Saydullayev
15 mar 2017, 09:21
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Portuga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

To'g'ri natijaga erishdik, ammo o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Tanaffusgacha tavakkal qilmadik, ammo raqib kamchilik bo'lib qolganidan so'ng aqlli o'ynay olmadik.

To'g'ri o'ynash kerak: yoki hujum qilib gol urish, yoki to'pni o'zimizda saqlab turish. Bugun ikkalasini ham amalga oshira olmadik.

Bugun bizning omadimiz keldi desak ham bo'ladi. Mashg'ulotlarda ishlashda davom etamiz, – deydi Allegri.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Mediaset Premium