Massimiliano Allegri: Biz Realga vaziyat sodir etishga imkon bermadik

Narzulla Saydullayev
6 may 2015, 08:28
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Real ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Shogirdlarim o'yinidan qoniqdim. Ular bu natijaga to'la haqlilar. YCHL yarim finaliga chiqib Real bilan shunday o'ynash og'ir.

Juda tezkor o'ynab Realga deyarli vaziyat yaratishga imkon bermadik. Bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi.

Lorente uchinchi golni ura olmagani yomon bo'ldi. Ammo nima bo'lsa ham Real ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan xursandman. Bir hafta davomida javob o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz, – deydi Allegri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru