Massimiliano Allegri: "Atletiko"ni yutish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz"
Aziz Tukhtamuradov
8 dek 2014, 21:30
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Atletiko"ni yutish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Guruhda birinchi o'rinni olishni istaymiz. Buni bajarish oson bo'lmaydi. Diego Simeone kuchli jamoani shakllantirgan", - deydi Allegri.