Maskeranoning "Barselona"dagi kelajagi shu haftada hal bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 dek 2017, 14:49
"Barselona" himoyachisi Xaver Maskeranoning kelajagi joriy hafta oxirigacha hal bo'lishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, yaqin vaqt ichida 33 yoshli argentinalikning vakillari "Barselona" rahbariyati bilan uchrashadi. Maskerano Samuel Yumtiti jarohat olganidan so'ng asosiy tarkibda o'ynashi mumkin, ammo himoyachi vaqtincha asosiy tarkib futbolchisi bo'lmoqchi emas.

Xaver Maskeranoning "Barselona" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo