Maskerano Primeroning ikki o'yiniga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2015
"Barselona" yarim himoyachisi Xaver Maskerano Primeroning ikki o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.

U "Eybar"ga qarshi uchrashuvning 83 daqiqasida qizil kartochka olgan edi. Maskerano yon hakamni haqorat qilgani uchun chetlatilgan.

Shunday qilib Maskerano "Xetafe" va "Vilyarreal"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi, ammo "Real"ga qarshi o'yinda Ispaniya chempionatining 12-turida maydonga tushishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca