“Mashal”ning etti nafar futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
18 may 2017, 14:06
“Mashal” jamoasi “Nasaf”ga qarshi O'zbekiston chempionatining 11-tur o'yin oldidan bir qator yo'qotishlarga duch keldi.

Bugungi o'yinda muborakliklarga etti nafar futbolchi: Botir Nosirov, Sardor Rahmonov, Abbos Shodmonov, Abdulloh Olimov, Kenja To'raev, Jamoliddin Ubaydullaev jarohati tufayli va Shahzod Shaymanov sariq kartochkalari to'rttaga etganligi sababli yordam bera olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, voha derbisi bugun G'uzor markaziy stadionida soat 18-30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia