"Mashal"ga kelgan legionerlar haqida nimalarni bilish kerak?

Narzulla Saydullayev
20 fev 2020, 15:44
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Muborakning “Mashal” jamoasi o'z tarkibni kuchaytirish maqsadida Nigeriya va ukrainalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeani Ifeani 1995 yil 15 avgustda Nigeriyaning Lagos shahrida tavallud topgan. Ifeani Nigeriya terma jamoasida va Nigeriyaning “Akva Yunayted” klubida hamda Jazoirning “Setif” klublarida to'p tepgan. Mazkur futbolchi bilan “Mashal” jamoasi ikki yillik bitimni imzoladi.



Shuningdek Ukraina fuqarosi bo'lgan ximoyachi Denis Vasilev ham endilikda jamoa vakili. Denis 1987 yil Ukrainaning Baxmach shahrida tavallud topgan. Denis Ukrainaning "Knyaja", RVUFK (Kiev), SSKA (Kiev), "Obolon", "Krivbass", "Neftyanik-Ukrneft", "Gelios", "Chernomorec" (Odessa), Bolgariyaning "Vereya" klublari cafida to'p tepgan. 32 yoshli futbolchi “gazchilar" bir yillik sharntoma imzoladi. Endilikda bu legionerlar “Mashal” sharafini himoya qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Машъал” матбуот хизмати