“Mashal” va “Sho'rtan” o'rtasidagi pley-off o'yini Qarshida o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2023, 12:10
Qashqadaryo derbisi Qarshida bo'lib o'tadi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 7.4-bandiga ko'ra, mavsum yakuniga ko'ra Proligada 4 hamda 5-o'rinlarni qo'lga kiritgan “Mashal” va “Sho'rtan” jamoalari Superliga yo'llanmasi uchun dastlabki pley-off o'yinida maydonga tushishi kerak.

Liga har ikki jamoaga qulaylik yaratish maqsadida pley-off uchrashuvini Qarshi shahrida o'tkazish yuzasidan “Nasaf” futbol klubi bilan kelishuvga erishdi. Bellashuv 15 noyabr kuni soat 15:00 da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz