

Hozirga qadar Bobur Qosimov, Abdulloh Olimov, Jamoliddin Ubaydullaev, Igor Tymanyuk va Sardor Rahmonov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar qilib o'tgandik.
Yaqinda jamoa yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Qo'shni yurt Tojikiston futbolining nomdor vakili va yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan Umidjon Sharipov endilikda bir yil mobaynida Mashal sharafini himoya qiladi. Sharipov ayni vaqtda Muborakda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.




