"Mashal": "Sho'rtan"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2017
Xabaringiz bor "Mashal" oliy liganing 3-tur bahsini G'uzorda “Sho'rtan” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ortda qolgan ikki turdan keyin jamoa hisobida hozircha uch ochko mavjud. Ilk  turda chempion "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy bergan "Mashal" keyingi turda "Metallurg"ni mag'lub etdi.

G'uzor jamoasi ham xuddi "Mashal" singari uch ochkoga ega. Ilk turda "Neftchi"ni mag'lub etib, 2-turda, Samarqandda "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi. Imkoniyatlar teng bo'lgan ikki jamoaning bahsi qiziqarli bo'lishi shubhasiz.

Eslatib o'tamiz voha derbisi doirasidagi bahs 18 mart kuni G'uzor shahridagi "G'uzor" stadionida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz