

Bu o'yinga har ikki jamoa yaxshi kayfiyatda yetib kelgan. Boisi har ikki klub o'tgan turda g'alaba qozongan va bu o'yin jamaolarning turnir jadvalidagi o'rniga ta’sir o'tkazadi. "Neftchi"ga g'alaba peshqadamlar safiga qaytishini taminlasa, "Mashal"ga g'alaba bir necha pog'ona yuqorilash imkoniyatini beradi. Keskin va murosasiz o'tishi kutilayotgan mazkur bahs ertaga 18:00 da Bahrom Vafoev nomli stadionda boshlanadi. Maydon egalari bu uchrashuvda qizil-sariq, mehmonlar esa o'zining ananaviy yashil liboslarida harakat qiladi. Bugun jamoa yoshlari o'yiniga esa farg'onaliklar yashil, maydon egalari esa oq libosda maydonga tushadi. Bu uchrashuv esa 17:00 da boshlanadi.



