“Mashal” o'rtoqlik uchrashuvida “Metallurg”ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014
Yangi boshlanajak mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Muborakning “Mashal” jamoasi Yangiyerda “Metallurg” o'rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Aytish mumkinki, bu o'yinda “Mashal”ning ikkinchi tarkibi harakat qildi va bunda muborakliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda Eldor Shomurodov, Abbos Omonov va Salamat Qutiboev tomonidan kiritilgan gollar “gazchilar”ga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi. Bugun “Mashal”ning asosiy jamoasi Olmaliqda Igor Shkvirin shogirdlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bahsning boshlanish vaqti – 15:00.

MASH'AL (2-tarkib) – METALLURG (o'rinbosarlar) – 3:0  

“Mashal”: Javohir Ilyosov, Salamat Qutiboev, Dilyaver Vaniev, Farrux Nurliboev, Xolmurod Xolmurodov, Shahzod Shaymanov, Xurshid Suyunov, Abbos Omonov, Ixtiyor Toshpo'latov, Eldor Shomurodov, Viktor Klishin.

Zaxiradan tushganlar: Shoxruh Eshbo'taev, Iskandar Shayqulov, Dmitriy Kovb, Aleksandr Tishchenko, Otabek Shukurov, Shodiev.

Gollar: Shomurodov, Omonov, Qutiboev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz