

Mazkur bahsga jamoamiz jiddiy tayyorgarlikni boshlagan. "Metallurg" bilan bo'ladigan bahsning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'lgan. Unga ko'ra 10 mart kuni jamoa o'rinbosarlari bahsi Bahrom Vafoev nomli stadionning ikkinchi maydonida 16:00da start oladi. Asosiy tarkib jamoalari o'yini esa markaziy stadionda 16:30 da boshlanadigan bo'ldi. Oldin xabar berib o'tganimizdek bu o'yinni navoiylik Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Oliy liga, 2-tur
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod) 16:30
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), N. Ro'zimov (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent)



