

Toshkent shahrida bo'layotgan yig'inda jamoaning barcha a'zolari ishtirok etmoqda, faqat tojikistonlik Umedjon Sharipov bundan mustasno. Xabaringiz bor Sharipov Tojikiston terma jamoasi yig'iniga jo'nab ketgan. Jamoaning qolgan barcha a'zolari a'lo kayfiyatdalar. Eslatib o'tamiz Mashal kubok uchrashuvlaridagi dastlabki bahsini safarda 25 mart kuni, Farg'onaning Istiqlol jamoasiga qarshi o'tkazadi.




