Shuningdek, uchinchi o'rinni olgan “Qo'qon-1912” ham mavsum yakunlariga bag'ishlab tadbir o'tkazdi. Ammo birinchi o'rin sohibi “Mashal”dan hozircha bu borada sado chiqqani yo'q. Xo'sh, “Mashal” yil yakunlariga bag'ishlangan bayram kechasini qachon o'tkazadi? Bu savolga javob olish maqsadida klub bosh direktori Ilhom Qurbonovga murojaat qildik.
“Albatta, biz ham tadbir o'tkazishni mo'ljallayapmiz. Hozircha kuni rasman ma'lum emas-u, lekin 26 dekabr kuni o'tkazmoqchimiz. Rejamizdan tadbirni Muborakda o'tkazish o'rin olgan. Bunda O'zPFL rahbariyatini, viloyat futbol federatsiyasi vakillari hamda Muborak shahar hokimligidan rasmiy shaxslarni taklif etmoqchimiz” – deydi Ilhom Qurbonov.