"Mashal" darvozaboni O'zbekiston OTJ yig'iniga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015
"Mashal" klubining yosh darvozaboni Javohir Ilyosov Samvel Babayan boshqaruvidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi yig'iniga jalb etildi.

Darvozabonimiz uchun bu ikkinchi chaqiruv bo'ldi va jamoaning bundan oldingi Toshkentdagi yig'inida ham ishtirok etgan edi. 21 yoshli darvozabon terma jamoa bilan birga Toshkentdagi va Dubaydagi yig'inlarda ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, Olimpiya terma jamoasi 30 noyabr kuni Toshkentda yig'iladi va 2 dekabr kuni Dubayga jo'nab ketdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz