"Mashal" bugun yig'iladi va tayyorgarlikni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2013, 21:18
Birinchi liganing dastlabki bosqichida yakka peshqadamlikni qo'lga olgan “Mashal” uchun ikkinchi bosqich yanada mas'uliyatli hisoblanadi.
Chunki bunda oliy liga yo'llanmasi ustida kurash boradi. Shu munosabat bilan “Mashal” a'zolari ikkinchi bosqichga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilib qo'yishgan. 

“Gazchilar” bugun Toshkentda to'planishadi va kechga yaqin poytaxt viloyatining tog'li hududiga yo'l olishadi. U yerda olti kunlik jismoniy mashqlardan so'ng futbolchilar tog'dan tushib, to'g'ri Yangierga yo'l olishadi va to birinchi liganing qolgan o'yinlari boshlanguncha Yangiyerda shug'ullanishadi.

Bu orada o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish ham kun tartibidan o'rin olgan. Xususan, 27 iyul kuni “Navbahor” va 2 avgustda “Qizilqum” bilan. Hozircha “Mashal” safini hech kim tark etgani yo'q. Yangilardan faqat Oybek Polvonov (“Alanga”) kelib qo'shildi, xolos.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz