"Mashal" barcha legionerlar bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2022
Pro ligaga tushib ketgan klub faqat mahalliy futbolchilarga tayanadi.

"Mavsum davomida "Mashal" jamoasi sharafini himoya qilgan nigeriyalik Okvara Godvin Chika, Samuel Ononivu, Ifeani Ifeani va Ibe Mishel Okoro muborakliklar safini tark etdi. "Mashal" Professional futbol klubi ushbu futbolchilar bilan do'stona ravishda xayrlashib, ularning klub ravnaqi yo'lida qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatiga omad tilab qoladi", - deb yozadi "Mashal" matbuot xizmati. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia