Masala hal! Suriya peshqadam sifatida hal qiluvchi bosqichga chiqdi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2021, 22:26
JCH-2022 saralashining 2-bosqichi doirasidagi bir necha o'yinlar yakuniga etdi.

E guruhida Hindiston Bangladeshni mag'lub qildi. Ammo ikki terma ham imkoniyatlarni yo'qotib bo'lgan.

Bangladesh - Hindiston 0:2

Gollar: Sunil Chxetri (79, 90).

A guruhida Suriya termasi masalani uzil-kesil hal qildi. Terma kutilganidek Guam termasini mag'lub qildi va navbatdagi bosqichga peshqadam sifatida yo'l oladigan bo'ldi.

Guam - Suriya 0:3

Gollar: Mardik Mardikiyan (6, 9), Mahmud al-Mavas (84).

C guruhida esa Iroq yana peshqadamlikka qaytdi. Kambojani 4:1 hisobida mag'lub qilgan Srechko Katanets shogirdlari peshqadamlikni saqlab qolish uchun kurashni davom ettiradi.

Iroq - Kamboja 4:1

Gollar: Mohanad Ali (1), Bashar Rezan (23), Ali Adnan (27-pen), Safo Hadi (90+4) - Soey Visal (55).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia