

Bungacha “Andijanka” ayollar jamoasi rahbari sifatida ishlab kelgan Maruf Jamoliddinovich endilikda viloyatning bosh klubida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Aytish kerakki, Abdusalomov ham o'z vaqtida “Andijon” yoshlar jamoasida ma'lum muddat o'ynagan. Keyinchalik jamoada mamur va turli lavozimlarda ishlagan. Endilikda esa jamoa natijalariga mas'ul etib tayinlandi.
Ushbu mutaxassis "Andijon" klubi bilan parallel ravishda "Andijanka" jamoasini ham boshqarishda davom etadi.


