Martines Lukakuni "Everton"ning asosiy tarkibida ko'rmoqda

Tolibjon Qosimov
30 sen 2013, 15:59
"Everton" ustozi Roberto Martines hujumchi Romelo Lukakuni asosiy tarkibda ko'rmoqda.
"Romelo ancha tajribali. Agar futbolchi Premer-Ligada 17ta gol ursa uning kuchli futbolchi ekani ma'lum bo'ladi. Lukakuni zaxiardan maydonga tushadigan futbolchi deb hisoblamayman. Romelo asosiy tarkibga loyiq o'yinchi. U boshlang'ich tarkibda bizga ko'proq foyda keltirishi mumkin", - deydi Martines.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru