
"Maydonning holati biz doim ko'rsatadigan o'yinni namoyish qilishga imkon bermadi. Bu nohaqlik deya olmayman, chunki mezbonlar ham aynan shunday muammoga duch kelishdi. Bu balki tele efirda bilinmagandir, ammo chimning sifati to'p bilan ishlashni qiyinlashtirdi.
Darvozamizdan gol olib chiqmaganimizdan xursandman. "Lill" biz bilan bahsda bor kuchini ko'rsatishini bilardik. Umuman olganda bu navbatdagi raqib maydonida bo'lgan yaxshi o'yinimiz va ochkoimiz" - deydi Martines.