

"Le10Sport" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois, jamoani tark etishni istamoqda. Oldinroq 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Yuventus", "Chelsi" va "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Bu mavsumda Marsyal 44 uchrashuvda maydonga tushdi va 11 gol urib, 9 golga assistentlik qildi.



