Marsyal uch mavsumdan buyon ajoyib natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 16:27
APLning 20-turi doirasida forvardi Antoni Marsyal "Bernli" darvozasini ishg'ol qildi.

Bu fransiyalik futbolchining mavsumdagi 10-goli bo'ldi. Shu orqali u ketma-ket 3 mavsumdan buyon jamoa tarkibida 10 va undan ko'p gol urayotgan futbolchiga aylandi.

Marsyal o'tgan mavsumda 12, undan oldingisida 11 gol kiritgandi.

Mankunianliklar Marsyalni 2015 yili "Monako"dan xarid qilishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal