Marselo: "Zidan qaytganidan xursand bo'ldim"

Mirjalol Normatov
1 iyul 2019, 20:10
"Real" himoyachisi Marselo bosh murabbiy Zinedin Zidanning klubga qaytgani haqida gapirdi.

"Zidan mening akamdek. Uning qaytganidan juda xursandman. Uning meni asosiy tarkibga qaytargani uchun bu gapni aytayotganim yo'q. U jamoadagilarga, muxlislarga olam-olam quvonch bergandi va bu yana davom etadi deb ishonaman", - dedi Marselo.

Zidan 2019 yilning martida "Real"ga qaytdi. Bungacha u 2016-2018 yillar davomida "Real"ni boshqarib, ketma-ket uch marta YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte